1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ruminiya Rossiyadan 4 milliard yevro talab qilmoqda

Mamlakat birinchi jahon urushida Rossiyaga saqlash uchun oltin zahirasini bergan.

Ruminiya Rossiyadan 4 milliard yevro talab qilmoqda

 

Ruminiya 1916-yil dekabrida Rossiya imperiyasiga saqlash uchun berilgan oltin zahirasi evaziga 4 milliard yevro talab qildi.

 

"Oltinlarimiz haqida gap ketganda, biz Ruminiya Milliy banki oltinlarini nazarda tutamiz. Bu boradagi barcha hujjatlar bor, ular Rossiya tarafga taqdim etilgan. Bilishicha, ruslar bu hujjatlarning haqiqiyligini tan olgan", - deydi Ruminiya komissiyasi aʼzosi, tarixchi Vasile Buga.

 

Qayd etilishicha, Rossiyaning Ruminiyadagi elchisi Valeriy Kuzmin Ruminiya oltin zahirasi masalasi kut tartibidan olib tashlanganini eʼlon qilgach, mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 7 ta davlat Rossiyadan Abxaziya va Janubiy Osetiyaga mustaqilligini qaytarishni talab qilgani haqida xabar berilgandi.

Sharofat Mahmudova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика