O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan Ichki ishlar vazirligi rahbariyatida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
— Rustam Jo‘rayev Milliy gvardiya qo‘mondoni lavozimini tark etib, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozim o‘tgan yil dekabr oyida Bekmurod Abdullaevning ishdan ozod etilganidan buyon bo‘sh turgan edi.
— Rustam Mirzaev Ichki ishlar vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
— Diyorbek Sattorov Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U avval Prezident Administratsiyasida faoliyat olib borgan.
— Shu bilan birga, Azizxon Umarxonov Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.


