Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarovning farmoni bilan Qamchibek Tashiyev Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari hamda Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi lavozimidan ozod qilindi.
Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi vazifasini vaqtincha bajarish Jumgalbek Shabdanbekov zimmasiga yuklatildi.
Shuningdek, Jumgalbek Shabdanbekovning nomzodi Qirgʻiziston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengeshiga Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga tasdiqlash uchun taqdim etildi.
Kamchibek Tashiyev 2020-yil 16-oktabrda Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi etib tayinlangan. Farmon oʻsha paytda prezident vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov tomonidan imzolangan.


