Avazaga tashrifi davomida Saida Mirziyoyeva G‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti Oguljahon Atabayeva bilan uchrashuv o‘tkazdi. U Turkmeniston betarafligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik yo‘llab, ikki davlat o‘rtasidagi yaqin do‘stlik va o‘zaro hurmatni alohida qayd etdi.
Suhbat chog‘ida gumanitar hamkorlikni kengaytirish, ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va bolalikni himoya qilish sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining yaqinda o‘tgan uchrashuvi samaralari, xususan, "Shovot–Toshhovuz" savdo zonasining ochilgani ikki tomonlama hamkorlikning muhim yutug‘i sifatida tilga olindi.
Saida Mirziyoyeva va Oguljahon Atabayeva birgalikda jamg‘arma ko‘rgazmasi hamda tibbiyot klasteri loyihalari bilan tanishdi. Tomonlar hamkorlikni davom ettirishga, yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.


