Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kunida O‘zbekiston olima ayollari ishtirokida forum o‘tkazildi. Unda Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda olimlarning 48 foizi ayollar.
“Ularning izlanishlari, kashfiyotlari va fidoyiligi ilhom baxsh etadi va ilm-fan ularga, ular esa ilm-fanga kerakligini ko‘rsatadi”, — deydi Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva.
Shuningdek u mamlakatimizda ilm-fan sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor ahamiyatga ega ekanidan faxrlanishini maʼlum qilgan.
“Biz xalqaro hamjamiyat bilan ilm-fan tinchlik va farovonlikka xizmat qiladigan kelajakni bunyod etish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz”, — deya qo‘shimcha qiladi u.


