1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva Qohirada "Al-Azhar" majmuasi rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida ma’naviyat, ta’lim va yoshlarni radikallashuvdan himoya qilish masalalarini muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva Qohirada "Al-Azhar" majmuasi rahbari bilan uchrashdi

 

 

Saida Mirziyoyeva Qohirada Misr Bosh imomi, "Al-Azhar" majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uchrashdi. U shayx hazratlariga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlarini va ezgu tilaklarini yetkazganini ma’lum qildi.

 

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Misr o‘rtasida ma’naviyat hamda fan-ta’lim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan. Ma’rifatli islom g‘oyalarini targ‘ib etish va yoshlarni radikallashuvdan himoya qilishda yaqindan hamkorlik qilish muhimligi qayd etilgan.

 

Shuningdek, qo‘shma dasturlar, akademik almashinuvlar va qo‘lyozmalarni o‘rganish bo‘yicha o‘zaro manfaatdorlik bildirildi. Saida Mirziyoyeva uchrashuv natijalarini ijobiy deb baholadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика