Bugun, 5 aprel kuni Prezident Administratsiyasi sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashib, taʼlim taʼlim sohasidagi masalalarni muhokama qildi.
Uchrashuvda Qo‘qon pedagogika institutida sodir bo‘lgan voqea hamda talaba qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish choralari muhokama qilingan.
“Taʼlim tizimi har qanday zo‘ravonlikka qarshi kurashni boshlashimiz kerak bo‘lgan asosiy platformalardan biridir”, — deydi u.


