1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Senati raisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Senati raisi bilan uchrashdi

 

Saida Mirziyoyeva 5-fevral kuni Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida oliy darajadagi o‘zaro ishonch hamda yaqin muloqotga asoslangan munosabatlar jadal rivojlanib borayotganini qayd etdilar. Ta’kidlanganidek, 2025-yil ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik uchun muhim va samarali bosqich bo‘ldi.

 

Uchrashuv davomida parlamentlararo muloqotni kengaytirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Saida Mirziyoyeva mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика