Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda o‘tkazilgan Zakovat Asian Cup II intellektual musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozondi.
Mazkur tadbir yakunlari bo‘yicha Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zbekistonlik ishtirokchilarni qutlab, ushbu o‘yin ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilganini ta’kidladi.
“Zakovat maydoni nafaqat bilim bellashuvi, balki xalqlarimizni yaqinlashtiruvchi ko‘prikka aylandi. Musobaqa davomida o‘zaro hurmat, samimiylik va do‘stlik muhitini yaratgan qirg‘izistonlik do‘stlarimizga minnatdorchilik bildiraman”, — deya qayd etdi Saida Mirziyoyeva.


