1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Salkam 1 milliard 400 million so‘mdan ortiq mablag‘lar fuqarolar foydasiga undirilgan

Ombudsman axborot xizmati rahbari Fotima Madrahimova o‘tgan yilda kelib tushgan murojaatlar va ularning yechimlari haqida maʼlumot berdi.

Salkam 1 milliard 400 million so‘mdan ortiq mablag‘lar fuqarolar foydasiga undirilgan

 

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) axborot xizmati rahbari Fotima Madrahimova o‘tgan yilda kelib tushgan murojaatlar va ularning yechimlari haqida maʼlumot berdi.

 

2022-yilda Ombudsmanga kelib tushgan 17761ta murojaatning 95 tasi anonim deb topilgan.

 

Biroq ularda ko‘tarilgan masalalar o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rilgan.

 

2022-yilda Ombudsman tomonidan davlat organlari va idoralariga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 20 tasi xulosa, 36 tasi taqdimnoma hamda 78 tasi daʼvo arizasi kiritilgan.

 

Fuqarolarning qarzdorligi, sog‘lig‘iga yetkazilgan zararlar, moddiy va maʼnaviy zararlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar oqibatida yuzaga kelgan huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganilishi natijasida jami 1 mlrd 358 mln so‘mdan ortiq mablag‘lar fuqarolar foydasiga undirilgan.

 

Bundan tashqari 45,4 mln so‘mdan ortiq aliment to‘lovlari undirilishi taʼminlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика