1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqand aeroporti yana yopiladi

Bu haqda AviaAlertsUZ xabar berdi.

Samarqand aeroporti yana yopiladi

 

Samarqand aeroporti texnik sabablarga ko‘ra 8 noyabr soat 00:01 dan 12 noyabr 00:01 ga qadar parvozlar uchun yopiladi

 

11-noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tadi. Tashkilotga aʼzo mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuvi arafasida iqtisodiyot va tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

 

Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston aʼzo. Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega.

 

Eslatib o‘tamiz, Samarqand aeroporti shaharda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan 14-16 sentyabr kunlari tijorat yo‘lovchi va yuk qatnovlari uchun yopilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика