1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Samarqand davlat universitetiga Sharof Rashidov nomi beriladi — Shavkat Mirziyoyev

Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli adib Sharof Rashidov nomi beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.

Samarqand davlat universitetiga Sharof Rashidov nomi beriladi — Shavkat Mirziyoyev

 

 

“Barchamizga yaxshi maʼlumki, qadimdan ilm-fan markazi sifatida shuhrat qozongan Samarqand bugungi kunda ham o‘zining nufuzli oliygohlari bilan mashhur.

Ayniqsa, Samarqand davlat universiteti, Samarqand tibbiyot instituti ular orasida alohida o‘rin tutadi. Bu oliygohlarning mamlakatimiz taʼlim tizimidagi o‘rni va salohiyatini yana-da oshirish maqsadida sizlar bilan o‘z takliflarimni o‘rtoqlashmoqchiman.

Samarqand davlat universitetiga ushbu qutlug‘ maskanda tahsil olgan, shu yerda ishlagan, respublikamizda ilm-fan, taʼlim, madaniyat, adabiyot va sanʼat rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli adib Sharof Rashidov nomini bersak, nima deysizlar?

Shuningdek, Samarqand tibbiyot institutiga universitet maqomini berish haqida alohida qaror qabul qilsak, o‘ylaymanki, ushbu yirik oliygohning mavjud salohiyati va kelgusi rivoji uchun yana-da puxta zamin yaratgan bo‘lamiz. Faqat nom bilan cheklanmaslik kerak, katta-katta korpuslar, yotoqxonalar qurishimiz kerak. Universitetga yangi sharoitlar yaratishimiz zarur. Nom bilan emas, maqom bilan nufuzini oshiramiz. Bu tibbiyot universiteti menga juda yaqin. Har bir tumanda bu universitetning kafedralarini ochamiz va haqiqiy xalq universitetlariga aylantiramiz. Men joriy qilayotgan birlamchi tibbiyotga haqiqiy namunaga aylanadi. Bu universitet xalqqa tibbiyot sifati bo‘yicha xalqqa manfaat keltirsin.

Bo‘lg‘usi universitetning rahbariyati, professor-domlalari o‘zlarining bilim va tajribasini to‘la safarbar etib, viloyatning barcha tuman, shahar va qishloqlarida aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish ishiga munosib hissa qo‘shadilar, deb ishonch bildiraman”, dedi prezident.

 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Samarqandga yetib borgani haqida xabar berilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика