Samarqand viloyati hokimligida bir qator kadrlar almashinuvi amalga oshirildi. Viloyat hokimining to‘rt nafar yangi o‘rinbosari tegishli lavozimlarga tayinlandi.
Sherbek Bo‘ronov — viloyat hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i;
Navro‘z Rahmonov — viloyat hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
Botir Jabborov — viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i;
Xurshidbek Samiyev — viloyat hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimlariga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan sal avval Samarqand viloyatida 3 ta tuman hokimi ham lavozimidan ozod etilgan edi.


