1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqand viloyatida havo ifloslanishi bilan bog‘liq 100 dan ortiq qonunbuzarlik aniqlandi

10 kunlik ekologik reydlar davomida 101 ta huquqbuzarlik qayd etilib, 161,9 million so‘mlik jarimalar qo‘llandi.

Samarqand viloyatida havo ifloslanishi bilan bog‘liq 100 dan ortiq qonunbuzarlik aniqlandi

Mamlakatda atmosfera havosining sifatini oshirish bo‘yicha ekologik nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. 1–10-dekabr kunlari Samarqand viloyatida Ekologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan keng ko‘lamli reydlar o‘tkazildi. Tadbirlar davomida turli korxonalar va faoliyat yurituvchi ob’ektlarning ekologik talab va me’yorlarga rioya etish holati o‘rganildi.


Reydlar yakunida hududda atmosfera havosini ifloslantirayotgan 101 ta qonunbuzarlik holati aniqlandi. Mazkur huquqbuzarliklar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bo‘yicha jami 161 916 000 so‘m miqdorida jarimalar belgilandi. Mutasaddilarning aytishicha, tekshiruvlar asosan tutun chiqarish me’yorlarini buzish, chiqindi yoqish va havoga zararli moddalar chiqarishni nazorat qilmaslik holatlariga qaratilgan.


Ekologiya vazirligi reydlarning asosiy maqsadi atmosfera havosining ifloslanishining oldini olish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish va aholiga sog‘lom yashash sharoitlarini yaratish ekanini ma’lum qildi. Samarqand viloyatida ekologik nazorat tadbirlari davom etmoqda va kelgusida ham bunday tekshiruvlar muntazam tarzda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика