"Uzbekistan Airports"ning maʼlum qilishicha, Samarqand xalqaro aeroporti aerodromi shaharda kuchli do‘l, chaqmoq, momaqaldiroq bo‘layotgani sabab soat 15.00 dan 17.00 ga qadar aviaparvozlar uchun vaqtincha yopildi.
Maʼlumot uchun: ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videotasvirlarga ko‘ra, ayni damda Samarqandda yog‘ayotgan va yerni qor misol qoplab olgan do‘lning diametri 20 mm ga yetgan.
Mazkur do‘l shahardagi mevali daraxtlar mevasi va gulini to‘kkan, shahar infrastrukturasi fasad qismlari ustki qoplamalarini zararlagan.


