1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda “1 million dasturchi” IT tanlovi g‘olibiga eski noutbuk berilishi ortidan yana bir mutasaddi ishdan bo‘shatildi

Shuningdek, yana 2 kishi vazifasidan ozod etilishi mumkin.

Samarqandda “1 million dasturchi” IT tanlovi g‘olibiga eski noutbuk berilishi ortidan yana bir mutasaddi ishdan bo‘shatildi


Avval tuman hokimi o‘rinbosariga hayfsan berilib, tuman XTB mutaxassisi ishdan olingan edi.

 


Kun.uz muxbirining xabar berishicha, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Xurshid Gʻoziyev ham ishdan ketgan. Viloyat XTB mudirasi Zebuniso Shodiyeva tomonidan bugun, 18-yanvar kuni imzolangan buyruqqa ko‘ra, boshqarmaning pedagogik-psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish sho‘basi mudiri Xurshid Gʻoziyev o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan.

 


Shuningdek, Sardor Sattorovga eski noutbuk berilishi ortidan Nurobod tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Navro‘zbek Jaloliddinovga hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

 


Bundan tashqari, Nurobod tumani XTB ta’lim jarayoniga AKTni joriy etish sho‘basi bosh mutaxassisi Asliddin Dangalov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 


Mazkur voqea sababli Nurobod tumani hokimining o‘rinbosari va XTB mudiri ham lavozimidan ozod qilinishi kutilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика