1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda 1,5 yoshli qizcha ko‘p qavatli uyning 10-qavatidan tushib ketib, halok bo‘ldi

Voqe kecha kechga yaqin sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Samarqandda 1,5 yoshli qizcha ko‘p qavatli uyning 10-qavatidan tushib ketib, halok bo‘ldi

 

Samarqand shahrining Qorasuv massivida 1,5 yoshli qizcha ko‘p qavatli uyning balkonidan tushib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda “Zamon.uz” ishonchli manbalari xabar bermoqda. 


Ma’lum qilinishicha, voqea kecha, 9-iyun kuni massivdagi 81-sonli ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan. 10-qavatda yashovchi oilaning 1,5 yoshli chaqalog‘i balkon panjarasining ochiq joyidan pastga tushib ketgan.


Mazkur uyning foydalanishga topshirilganiga 1 yildan oshgan. Shu vaqt oralig‘ida fuqarolarning balkondan yiqilib, vafot etishi bilan bog‘lik bir nechta holat qayd etilgan. Hususan, binoning 16-qavatidan keksa ayolning tushib ketgani va yana bir erkakning shu kabi o‘lim topgani aytilmoqda. 


Holat yuzasidan hozircha rasmiy munosabat bildirilmadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика