Ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyatining Toyloq tumanida ikki kishi tok urishi oqibatida vafot etgani aks etgan video tarqaldi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 8 iyun kuni sodir bo‘lgan. Toyloq tumani “Bog‘izag‘on” mahallasidagi savdo do‘koniga kuzatuv videokamerasi o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi firma ishchilari baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan. Ikki nafar xodim ish jarayonida ehtiyotsizlik qilib, metall narvonni “Anzur” fiderining havo elektr uzatish tarmog‘iga tekkizgan. Oqibatda ularni tok urgan.
Hozir tegishli tashkilotlar tomonidan holat bo‘yicha qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda.


