Ijtimoiy tarmoqlarda 1-avgust kuni o'tkazilgan test sinovlaridagi abituriyentlarga berilgan savollar varag'ining surati tarqalgandi. Holat yuzasidan Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumot berdi.
Aniqlanishicha, tarmoqlarda tarqalgan suratda kimyo fanidan test topshiriqlari aks etgan 7101863 raqamli test topshiriqlari kitobi 1-avgust kuni Samarqand viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur abituriyent test topshiriqlari kitobining varag‘ini yirtib olib chiqib ketgani videokuzatuv orqali aniqlanib, qonunga muvofiq test sinovidan chetlashtirilgan.


