1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda archa kesgan fuqaro jazolandi

Unga 10 mln jarima jazosi tayinlangan.

Samarqandda archa kesgan fuqaro jazolandi

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan navbatdagi reyd tadbirlari olib borildi.

 

Reyd davomida tumanning Mullako‘rpa mahallasida yashovchi fuqaro E.M. tomonidan mahalla hududidagi o‘sib turgan ikki tup tuya archa daraxti o‘zboshimchalik bilan kesib tashlanganligi maʼlum bo‘ldi.

 

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. E.M. BHMning 30 baravari — 10 mln 200 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Shuningdek, unga kompensatsiya tarzida 10 tupdan manzarali daraxtlar ekish va uni 3 yil davomida parvarishlash vazifasi yuklatildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика