1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Samarqandda Damas va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Ayni vaqtda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Samarqandda Damas va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

 

IIB matbuot xizmati Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 3 nafar fuqaro vafot etganini ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 2024 yil 29-iyul kuni soat 12:30 larda Samarqand viloyati, Urgut tumani, "Xo‘jaguzar" MFY hududidan o‘tuvchi "Urgut-Gʻo‘s-Avazmergan" avtomobil yo‘lining 5-kilometrida 2003 yilda tug‘ilgan Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi "Urgut-Gʻo‘s" yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, 1991-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

 

Hodisa oqibatida Damas rusumli avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati olib hodisa joyida, yana bir yo‘lovchi esa shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, yana ikki nafar Damas yo‘lovchilari va Cobalt avtomobili haydovchisi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

 

Hozirda Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика