Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti maʼlumotlariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on tuman ETK rahbari Q.X. elektr energiyasidan 779 mln so‘m qarzdorligi sababli tarmoqdan uzilgan “A.B.” fermer xo‘jaligini elektr tarmog‘iga 5 kun muddatga qayta ulab berishi evaziga ushbu fermer xo‘jaligi rahbaridan 5 mln so‘m pora talab qilib olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


