1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda “hujra” tashkil qilib, noqonuniy diniy ta'lim berib kelgan erkak ushlandi

U moddiy manfaat evaziga 7 nafar voyaga yetmagan o‘g‘il bolaga diniy saboq berib kelgan.

Samarqandda “hujra” tashkil qilib, noqonuniy diniy ta'lim berib kelgan erkak ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaroning Urgut tumani “Do‘stlik” mahallasidagi xonadonlardan birini ijaraga olib, noqonuniy tarzda “hujra” tashkil qilgani fosh etildi. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan va tegishli ruxsatnoma olmagan ushbu shaxs moddiy manfaat evaziga 2011–2016-yillarda tug‘ilgan 7 nafar voyaga yetmagan o‘g‘il bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelgan.

 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Jinoyat kodeksining 229²-moddasi 2-qismi (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) bilan javobgarlikka tortilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика