1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda Lacetti o‘nga yaqin kishini urib yubordi

YTH oqibatida 1 nafar ayol vafot etgan.

Samarqandda Lacetti o‘nga yaqin kishini urib yubordi

11-aprel kuni Samarqand shahrida 28 yoshli haydovchi “Rudakiy” koʻchasidagi piyodalar oʻtish yoʻlidan oʻtayotgan oʻnga yaqin odamlarni urib ketdi. Videoda avtomashina piyodalar yoʻlidagi bir nechta kishini bosib ketgani, yoʻlda yosh bolalar ham boʻlgani koʻrinadi.

 

Ma'lum bo'lishicha, haydovchi YTHda 8 kishini urib yuborgan, yana bitta mashinaga zarar yetkazgan. Vafot etgan ayolning 3 nafar farzandi onasiz qolgan, boshqa fuqarolar og'ir tan jarohatlari olgan.

 

Haydovchiga nisbatan JK 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qаmoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика