1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda maktab direktori narkotik sotmoqchi bo‘ldi

Unga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Samarqandda maktab direktori narkotik sotmoqchi bo‘ldi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida giyohvand modda sotgan maktab direktori va uning sherigi ozodlikdan mahrum etildi.

 

Hukmda qayd etilishicha, 1986 yilda tug‘ilgan F.X. (erkak) Urgut tumanidagi 71-umumtaʼlim maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritgan. U 2024 yilning avgust oyi boshlarida mahalladoshi Sh. A. bilan ko‘p miqdordagi opiy giyohvand moddasini Samarqand viloyati hududida sotish bo‘yicha kelishgan.

 

Jinoiy rejaga asosan, Sh. A. tergovda shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan shaxsdan salkam 1 kg opiy pulini uni sotganidan so‘ng berish sharti bilan olgan. Shundan keyin sheriklar 27 noyabr kuni giyohvand moddani huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbirga jalb qilingan shartli xaridorga 12 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan vaqtda ushlangan. Sud-kimëviĭ ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, opiyning og‘irligi 921,36 grammni tashkil qilgan.

 

Direktor F.X. sudda aybiga qisman iqrorligini aytib, opiyni tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limida ishlovchi tanishining iltimosiga asosan topib bergani va bundan manfaatdor bo‘lmaganini taʼkidladi. Qilmishidan pushaymonligini bildirib, suddan yengillik so‘radi.

 

Sh. A. ham aybiga qisman iqrorligini, F.X. turmush o‘rtog‘ini ishga qabul qilish vaʼdasini bergani uchun uning iltimosiga rozi bo‘lganini va giyohvand modda topib berganini aytdi.

 

Sud hukmi bilan F.X. va Sh. A. Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. F.X.ga 10 yil 2 oy, Sh. A.ga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика