1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda mart oyidan vertolyot orqali havo ekskursiyalari yo‘lga qo‘yiladi

Endi sayyohlar Samarqand va atrofidagi diqqatga sazovor joylarni yuqoridan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Samarqandda mart oyidan vertolyot orqali havo ekskursiyalari yo‘lga qo‘yiladi

 

 

Samarqand viloyatida mart oyidan boshlab havo ekskursiyalari boshlanadi. Bu haqda Sputnikuzbek xabar berdi. Uzbekistan Helicopters kompaniyasi Urgut, Kattaqorgon, Nurobod, Ishtixon va Bulung‘ur tumanlari bo‘ylab parvozlar uchun dastlab ikki vertolyotni taqdim etadi.

 

Viloyat turizm boshqarmasi vakili Muhammad Mardonovning aytishicha, yangi yo‘nalishlar sayyohlarga tabiat manzaralaridan bahramand bo‘lish, hududdagi turistlar uchun qiziqarli joylar, jumladan Kattaqorgon suv ombori atrofidagi yangi dam olish zonasi va al-Buxoriy memorial majmuasi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

 

Havo ekskursiyalari xizmatining taxminiy narxi $100 dan boshlanadi. Yaqin kelajakda talab ortishi bilan vertolyot parki kengaytirilishi va qo‘shimcha parvozlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

Samarqandning noyob manzaralarini yuqoridan tomosha qilish imkoniyati shaharga keluvchi sayyohlar uchun yangi va qiziqarli tajriba bo‘lishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика