1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda mashinasiga “01 777 PPX” raqamini taqib harakatlangan shaxs jazolandi

Fuqaro “Lacetti” avtomobiliga qo‘lbola usulda yasalgan avtoraqamni taqib,  Urgut tumanida yarim soat harakatlangan. U bu ishni suratga tushish uchun qilgan.

Samarqandda mashinasiga “01 777 PPX” raqamini taqib harakatlangan shaxs jazolandi

 

 

Samarqand viloyati Urgut tumanida “Lacetti” avtomobiliga qo‘lbola usulda tayyorlangan “01 777 PPX” davlat raqamini taqib harakatlangan shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Sud qaroriga ko‘ra, u yarim soat davomida ushbu qalbaki avtoraqam bilan harakatlangan.

 

Aniqlanishicha, H.S. 2025 yil 4 sentyabr kuni avtomashina yuvish shoxobchasiga borish maqsadida qalbaki raqamni o‘rnatgan. YHXB xodimlari tekshiruvi davomida uning aslida “30 X 877 OB” davlat raqami egasi ekani maʼlum bo‘lgan. Fuqaro bunday ishni faqat rasmga tushish uchun qilganini bildirgan.

 

Sud H.S.ni JKning 227-1-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topib, BHMning 50 baravari — 20 million 600 ming so‘m jarima tayinladi. Shuningdek, 1 juft qalbaki avtoraqam yo‘q qilinishi belgilandi. Qayd etilishicha, 2025 yil 25 dekabr holatiga ko‘ra, “01 777 PPX” raqami hech kimga rasmiylashtirilmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика