1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda mayning ferma aniqlandi

Aniqlanishicha, salkam 100 mlnlik elektrdan noqonuniy foydalanilgan.

Samarqandda mayning ferma aniqlandi

Samarqand shahrida “mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi.

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirida “Xo‘ja Soat” mahallasidagi uyda yashovchi U.U. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida 4 ta to‘plamdagi “Antimer” qurilmasini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, 91,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика