1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda MIB orqali boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga 10 mlrd so‘m undirildi

Bu bo‘yicha 11 459 ta ijro hujjatining ijrosi taʼminlangan.

Samarqandda MIB orqali boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga 10 mlrd so‘m undirildi

Boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga undiruv bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan tizimli ijro tadbirlari amalga oshirilmoqda.

 

Jumladan, jami 13 463 ta ijro hujjati bo‘yicha 12,4 mlrd so‘m miqdoridagi qarzdorliklarni undirish maqsadida belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.

 

Olib borilgan ijro tadbirlari natijasida 11 459 ta ijro hujjati bo‘yicha 10,2 mlrd so‘mlik talablarning ijrosi taʼminlandi.

 

Shuningdek, mazkur ijro hujjatlaridan 9 349 tasi bo‘yicha 6,7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar amalda undirilib, boshqaruv servis kompaniyalari hisob raqamlariga o‘tkazildi.

 

Ayni vaqtda qolgan ijro hujjatlari bo‘yicha ham qonunchilikda belgilangan tartibda ijro tadbirlari davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика