Bugun, 24 dekabr kuni soat 09:10 da “Mergancha” MFY hududida joylashgan “Urgut kiyim-kechak” bozorining 6 ta do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi.
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasidan 6 ta yong‘in o‘chirish ekipaji zudlik bilan yetib borgan. Yong‘in soat 09:27 da qurshab olinib, 10:14 da to‘liq bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida do‘konlarning 100 kv.M maydoni yonib zararlangan.
FVV xodimlarining tezkor harakatlari natijasida voqea sodir bo‘lgan joydagi boshqa do‘konlarga yong‘in o‘tishining oldi olindi.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda maktabgacha taʼlim muassasalarining birida yong‘in sodir bo‘lgani hamda Samarqanddagi bog‘da o‘rmon yong‘ini sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


