Holat 7-iyul kuni soat 13:30 lar atrofida Samarqand shahrining Abdurahmon Jomiy ko‘chasida yuz bergan. Haydovchi Nexia-2 rusumli transport vositasida harakatlanib, texnik nosozlik sababli rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng tomonidan oqib o‘tuvchi Siyob kanaliga tushib ketgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Avtomashinaga moddiy zarar yetgan. Transport vositasi FVB tomonidan kanaldan chiqarib olingan.
Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


