Ekologik tarbiya, tabiatni muhofaza qilish va “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini targ‘ib etish maqsadida poytaxtda Toshkent Gullari Festivali bo‘lib o‘tadi. Festivalning asosiy tadbirlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida tashkil qilinadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Gullar Festivali munosabati bilan 29 apreldan 3 maygacha quyidagi hududlarda transport vositalari harakati cheklanadi:
— Zarafshon ko‘chasining “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
— Istiqlol ko‘chasining A.Temur va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
— Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.
Ko‘rsatilgan davr ichida muqobil yo‘llardan foydalanishingizni tavsiya qilinadi.


