1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda opiyni ichki a’zolariga yashirgan er-xotin ushlandi

“Jartepa” chegara bojxona postida jami 796 gramm giyohvand modda noqonuniy olib kirilishining oldi olindi.

Samarqandda opiyni ichki a’zolariga yashirgan er-xotin ushlandi

 

 

14-fevral kuni Samarqand viloyatida qo‘shni davlatdan kelgan ikki nafar fuqaro yirik miqdordagi opiy giyohvandlik moddasini noqonuniy olib kirishga uringan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, “Jartepa” chegara bojxona postida bojxona xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida ayol yo‘lovchi maxsus “Body skaner” qurilmasi orqali ko‘rikdan o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasida uning ichki a’zolarida 3 ta o‘ram borligi aniqlangan. Shifokorlar ishtirokida o‘tkazilgan tibbiy muolajalar davomida ushbu o‘ramlardan jami 255 gramm opiy giyohvandlik moddasi chiqarib olingan.

 

Shuningdek, ayol bilan birga bo‘lgan turmush o‘rtog‘i ham tezkor kuzatuvga olinib, Samarqand shahridagi tibbiyot muassasalaridan biriga olib borilgan. Tibbiy ko‘rik vaqtida uning ichki a’zolaridan 4 ta o‘ram chiqarib olingan bo‘lib, ularda 541 gramm opiy borligi aniqlangan.

 

Natijada jami 796 gramm opiy giyohvandlik moddasini noqonuniy olib kirishga urinishning oldi olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика