1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat / 
  4. Samarqandda o‘smir qiz o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi

04:47 / 12.07.2022

1.3k

Samarqandda o‘smir qiz o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi

Samarqandda o‘smir qiz o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi

Maʼlum bo‘lishicha, qizning bu qarorga kelishiga oilaviy muhitning nosog‘lomligi sabab bo‘lgan.

 

Samarqand shahar Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan 18 yoshli qizning hayoti saqlab qolindi.

 

Joriy yilning 11 iyul kuni soat 15:03 lar atrofida Samarqand shahar qo‘riqlash bo‘limi 3 otryadi xodimlari tomonidan qo‘riqlanayotgan Zarafshon daryosi ustidagi toifalangan ko‘prikda nomaʼlum sabablarga ko‘ra o‘zini suvga tashlamoqchi bo‘lgan fuqaroning hayoti saqlab qolindi.

 

Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari bu holatni ko‘rib, zudlik bilan qizni ushlab qolishga erishishgan va noxush holatning oldi olingan.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan hududiy ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

00:NaN

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика