1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Samarqandda o‘z joniga qasd qilgan kelinchak o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

31 yoshli ayol o‘zini ro‘molga osib qo‘ygandi.

Samarqandda o‘z joniga qasd qilgan kelinchak o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Viloyat prokuraturasining maʼlum qilinishiga, 2022-yil 27-iyun kuni soat taxminan 04:30 larda Tayloq tumani, “Bog‘izag‘on” mahallasida yashagan 31 yoshli kelin I.G. o‘zini yashash uyi mehmonxonasida kiyim ilgichga ayollar ro‘moli bilan o‘zini o‘zi osib joniga qasd qilgan. 

 

Holat yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, marhumning o‘limi osilishda bo‘yin aʼzolarini sirtmoq bilan qisilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi, shuningdek marhumaning tanasida yengil tan jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Tayloq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, marhuma G.I.ning turmush o‘rtog‘i X.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика