Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament ma'lumotlariga ko'ra, Samarqand shahrida fuqaro o‘zi yashab kelayotgan ko‘p qavatli uyda yashirin sex tashkil qilib, “Bekot Amino” va “Monasil NEO” nomli dori vositalarining muvofiqlik sertifikatini qalbakilashtirib, ushbu dori vositalari “R.M.” qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilganligi to‘g‘risida poligrafiya yozuvlarini yopishtirib qalbakilashtirilgan dori vositalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, ushbu xonadondan jami 5 mingdan ziyod dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


