Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda o‘quvchi-qizlarning janjallashgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi o‘rganishlar olib borib, rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, videodagi jabrlanuvchi o‘quvchi Ishtixon tumanidagi 15-umumtaʼlim maktabining 7-sinfida, zo‘ravon o‘quvchi-qiz esa shu tumandagi 74-umumtaʼlim maktabining 10-sinfida tahsil olayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan har ikkala o‘quvchi bilan maktab amaliyotchi psixologlari, mahalla xotin-qizlar faoli va maktablarga biriktirilgan inspektor-psixologlar tomonidan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.
Shuningdek, holat tuman IIB tomonidan nazoratga olinib, zo‘ravon o‘quvchi qizning ota-onasiga nisbatan MJtKning 47- moddasi, birinchi qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.


