Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Maʼlum bo‘lishicha, Kattaqo‘rg‘on Servis texnikumi bo‘lim boshlig‘i M.O. fuqaro D.E.ning farzandini 3000 AQSH dollari evaziga Toshkent davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytgan. U fuqarodan oldindan 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


