1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Samarqandda tez yordam mashinasida piyoz tashildimi?

Holat bo'yicha rasmiy munosabat bildirildi.

Samarqandda tez yordam mashinasida piyoz tashildimi?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda tez yordam mashinasida piyoz tashilgani haqida xabar va fotosurat tarqaldi. Respublika tez tibbiy yordam markazi matbuot xizmati buni rad etdi.

 

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, mazkur avtomashina tez tibbiy yordam xizmatiga emas, balki Samarqand shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy klinikalardan biriga tegishli ekanligi aniqlandi.

 

Undan bemorlarni davolash uchun shifo maskaniga olib kelish, yashash manziliga eltib qo‘yish va mobil tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadlarida foydalanib kelingan.

 

Klinika vakillarining izohlashicha, ushbu tadbirkorlik subyektiga qarashli xo‘jalik avtomashinasi harakatlanish chog‘ida yo‘lda buzilib qolgan, oqibatda yukni manzilga yetkazish uchun fotosuratda aks etgan transport vositasidan foydalanishga to‘g‘ri kelgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика