Samarqand shahrida 11 iyun kuni yuqori tezlikda harakatlangan haydovchi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB maʼlumot bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa 11 iyun kuni tungi soat 03:20 larda Samarqand shahar Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida yuz bergan. 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro Lacetti rusumli avtomashinasida harakatlanayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, YTH sodir qilgan.
Oqibatda haydovchi zudlik bilan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. YTH haydovchi belgilangan tezlikni meʼyoridan oshirib, rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida sodir etilgan. Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


