1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Samarqandda xo‘rozlar jangi “arena”si fosh etildi

Xo‘roz o‘yini tashkilotchilari “arena”ga kelgan 220 nafar tomoshabinning har biridan 25-30 mingdan olgan.

Samarqandda xo‘rozlar jangi “arena”si fosh etildi

 

Samarqand shahrida o‘z yashash uyida xo‘roz urishtirish uchun maxsus “arena” tashkil qilgan bir guruh shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, ular 2016 yilda tashkil etilgan ushbu “arena”ga jang ko‘rish uchun jangga kelgan 220 nafar fuqaroning har biridan 25-30 ming so‘mdan olgan.

 

Qo‘lga olingan shaxslar tomonidan 1 mln 95 ming so‘m pul ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.

 

Qayd etilishicha, o‘yinlar davomida tashkilotchi, pul yig‘uvchi, kunlik xizmatchi, ish yurituvchi va qo‘riqchi faoliyat yuritgan.

 

O‘yin tashkilotchisiga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика