Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, joriy yil 27-iyun kuni soat taxminan 04:30 larda Toyloq tumani Bog‘izag‘on mahallasi Samarqand ko‘chasida yashagan 1991 yilda tug‘ilgan G.I. o‘zining yashash uyi mehmonxonasida kiyim ilgichga ayollar ro‘moli bilan o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
G.I. Toyloq tumani Bog‘izag‘on mahallasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan O.X. bilan 2019 yilda qonuniy nikohdan o‘tib, birga yashab kelgan. Ularning 2 nafar – 2019 va 2021 yilda tug‘ilgan farzandi borligi aytilmoqda.
G.I.ning o‘lim sababini aniqlash maqsadida uning murdasi sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvidan o‘tkazilgan.
Xususan, holat yuzasidan tegishli idoralarga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.


