1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda yerosti chiqindi saqlash majmuasi ishga tushirildi

Mazkur majmua 2 metr chuqurlikda qurilgan bo‘lib, unda har biriga ikkidan jami to‘rtta maxsus konteyner o‘rnatilgan.

Samarqandda yerosti chiqindi saqlash majmuasi ishga tushirildi

Samarqand viloyatida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi tashabbusi bilan respublikada ilk bor yerosti chiqindi saqlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Yangi majmua Samarqand shahrining Qorasuv massivi “Obod maskan” mahallasida joylashtirildi.

 

Mazkur majmua 2 metr chuqurlikda qurilgan bo‘lib, unda har biriga ikkidan jami to‘rtta maxsus konteyner o‘rnatilgan. Konteynerlar sig‘imi 3 kub metr (550 litr) bo‘lib, 1000–1500 nafar aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatini beradi.

 

Kelgusida hududda yana 5 ta shunday yerosti chiqindi saqlash majmuasi barpo etilishi rejalashtirilgan.

 

Mahalliy aholi tashabbusni mamnuniyat bilan qarshi oldi. Ularning fikricha, yangi tizim chiqindilarning shamol yoki hayvonlar sabab yer ustiga tarqalishini oldini oladi, issiq kunlarda noxush hidlarni kamaytiradi va qulaylik yaratadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика