Ijtimoiy tarmoqlarda YPX inspektori mashinasining davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirganligi qayd qilingan fototasvirlar e’lon qilindi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, davlat raqam belgisi o‘zgartirilgan Nexia rusumli transport vositasi YPX inspektoriga emas, Oqdaryo tumanida yashovchi A.X.ga tegishli bo‘lgan. U Toshkent–Samarqand yo‘nalishida kirakashlik qilib, yo‘llarda 5 va undan ortiq marta tezlikni oshirishi natijasida radarlarga tushganligi sababli 13 oktyabr kuni davlat raqam belgisini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirgan.
Hozirda fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.


