1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda “zamdekan” pora bilan qo‘lga tushdi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Samarqandda “zamdekan” pora bilan qo‘lga tushdi

 

Samarqandda institut dekani o‘rinbosari pora bilan ushlandi. Bu haqda “ O‘zA” axborot agentligi xabar bermoqda.

 

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand davlat chet tillari instituti ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani o‘rinbosari — Samarqand tumanida yashovchi I.O. fuqaroni Janubiy Koreyaning Yodju texnika instituti Samarqand filialiga 6 ming AQSH dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, kelishilgan pulning 1000 dollarini oldindan olgan.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida I.O. 4800 AQSH dollarini fuqarodan olayotgan vaqtda qo‘lga tushgan. Ayni paytda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика