1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqanddagi “Afrosiyob” tepaligida yong‘in chiqdi

Holat yuzasidan FVV maʼlumot berdi.

Samarqanddagi “Afrosiyob” tepaligida yong‘in chiqdi

 

Kecha, 4 avgust kuni Samarqand shahridagi “Afrosiyob” tepaligida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, soat 11:21 da Samarqand shahar I. Karimov ko‘chasida joylashgan “Afrosiyob” tepaligida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. Yong‘inga soat 11:33 da yetib borgan va soat 12:36 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

 

Yong‘in natijasida tepalikning taxminan 50 sotix maydonda xas-xashak yongan.

 

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика