1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Samarqanddagi davlat muassasalarida 563 mln so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Samarqand viloyatidagi byudjet muassasalarida qonunchilik talablarining buzilishi bilan bog‘liq ayrim holatlarni oshkor qildi.

Samarqanddagi davlat muassasalarida 563 mln so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

 

 

Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali mansabdorlari markazda ishlovchi 54 nafar ishchi-xodimga umumiy 175 million so‘mlik tug‘ruqqacha va tug‘ruqdan keyingi taʼtil, kasallik varaqasi va mehnat taʼtili hamda ustama pullarini asossiz hisoblash orqali davlat byudjetining juda ko‘p miqdordagi mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

 

Shuningdek, Samarqand shahar 3-sonli tug‘ruq majmuasi tomonidan xodimlarga ish haqi sifatida 50 million so‘m va Narpay tuman Obodonlashtirish boshqarmasida jami 29 million so‘m byudjet mablag‘lari qonun talablariga rioya qilinmagan holda tasarruf etilgani maʼlum bo‘lgan.

 

Viloyat prokuratura idoralari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijalari bo‘yicha mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Agentlik tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida viloyatdagi byudjet muassasalarida jami 563 million so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.

 

Hozirda viloyatdagi boshqa muassasalarda aniqlangan holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика