1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqanddagi fermer xo‘jaligida bir kishi o‘ldirib ketildi

Ish yuzasidan ikki nafar shaxs tergov qilinmoqda.

Samarqanddagi fermer xo‘jaligida bir kishi o‘ldirib ketildi

 


Ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Elmurod Qurbonov” nomli fermerlar uyushmasida mudhish qotillik yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. 

 

Ma’lum qilinishicha, voqea 8-may kuni Kattaqo‘rg‘on tumani “Nayman” mahallasi sodir bo‘lgan. 

 

Sud tibbiy ekspertining ma’lumotnomasiga ko‘ra, marhum F.Q.ning tanasida, ya’ni o‘ng yelka bo'g‘imi,  o‘ng tirsak bug‘imi, o‘ng tizza bug‘imi sohasida, hamda ko‘krak qafasi chap tomonida shilinmalari, ko‘krak qafasi orqa yuzasida sanchilib kesilgan yaralari, ko‘krak qafasi orqa yuzasi plevra bo‘shlig‘iga teshib o‘tib, ikkala o‘pkani jarohatlovchi sanchilib kesilgan yaralari bo‘lib, marhumning o‘limi ichki va tashqi qon ketishdan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan. 

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan  tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 nafar fuqaro gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, dastlabki tergov harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика