1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqanddagi “g‘aroyib” mehmonxona buziladi

Қурилиш вазирлиги ҳолатга муносабат билдирди.

Samarqanddagi “g‘aroyib” mehmonxona buziladi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi xonadonda 11 qavatli mehmonxona qurilgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.

 

Qurilish vazirligi bino hech qanday hujjatlarsiz qurilgani, xavfsizlik talablariga javob bermasligi hamda kolonnalarning ayrim joylari darz ketganligini maʼlum qildi.

 

11 qavatli 2 qavat yerto‘lali mehmonxonani Samarqand tumani Joyi Soy mahallasida yashovchi fuqaro F.Xalilov o‘z uyining bir qismini buzib, qurdirgani aytilmoqda.

 

Mehmonxona qurilishga ruxsat beruvchi Samarqand tumani hokimining qarori yoki tuman qurilish bo‘limining ruxsatnomasi hamda arxitektura rejalashtirish topshirig‘i (APZ) mavjud emasligi qayd etilgan.

 

“ ‘Triumf Proyekt‘ MCHJ xususiy ekspertiza tashkiloti tomonidan to‘liq ishlab chiqilmagan loyiha hujjatlariga, birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar ham yo‘q. Qurilish davomida hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan bir necha bor qurilishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa-da, fuqaro F.Xalilov tomonidan ish o‘zboshimchalik bilan davom ettirilgan”, - deyiladi vazirlik xabarida.

 

 Xususan, binoning seysmik holati o‘rganib chiqilib, “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJning xulosasiga asosan binoning KMK, SHNK talablariga javob bermasligi va kolonnalarning ayrim joylari darz ketganligi o‘z tasdig‘ini topgan hamda binoni buzish bo‘yicha xulosa berilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика