1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqanddagi uyda gaz balloni portlab, 5 kishi jarohatlandi

Jabrlanganlar orasida voyaga yetmagan bolalar bor. Ularning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Samarqanddagi uyda gaz balloni portlab, 5 kishi jarohatlandi

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi xonadonlardan birida gaz balloni portlashi yuz berdi. Bu haqida Zamon.uz muxbiri xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, hodisa 10 fevral kuni tumanning Dehqonobod mahallasida yuz bergan. Gaz balloni portlashi oqibatida bir oilaning besh nafar aʼzosi og‘ir tan jarohati olgan.

 

Ular — 64 yoshli keksa erkak, 34 yoshli kelin, 7 yoshli qiz, 4 yoshli bola hamda 1,5 yoshli chaqaloq bo‘lgan.

 

Ikki nafar voyaga yetmagan bola turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialiga olib kelingan. 12 fevral kuni yana bir voyaga yetmagan bola shu muassasaga yotqizilgan.

 

Ayni paytda bolalarning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Ularning bobosi va onasi Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasida davolanmoqda.

 

Zamon.uz muxbiri hozirda voqea joyida bo‘lib turibdi. Bu bo‘yicha tez orada batafsil reportaj eʼlon qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика